Jahon

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya chegarasida devor qurilmoqda

Tashabbus Pxenyan tomonidan chiqqan.

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya chegarasida devor qurilmoqda

Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya bilan chegaradagi demilitarizatsiya zonasida devorlar qurishni boshladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

 

Hozirda Shimoliy chegara chizig‘i va Harbiy demarkatsiya chizig‘i o‘rtasidagi ayrim hududlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Biroq materialda demilitarizatsiya zonasining qaysi hududlari haqida gap ketayotgani nomaʼlum.

 

“So‘nggi paytlarda Shimoliy Koreya harbiylari devor qurish, qazish va yo‘llar yotqizish bilan shug‘ullanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"