O'zbekiston

Namanganda bola o‘g‘risi qamoqqa olindi

Chortoq tumanida yolg‘iz yashovchi 47 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan 11 yoshli qizni aldab, o‘zining yashash xonadoniga olib kelgan va yashirib qo‘ygan.

Namanganda bola o‘g‘risi qamoqqa olindi

Ish hujjatlarida keltirilishicha, bu ishni 1977 yilda tug‘ilgan, bugungacha 5 marotaba sudlangan, Chortoq tumanining Beshkapa mahallasida yolg‘iz yashovchi A.I. qilgan.

 

U 2024 yil 12 iyun kuni soat 19:30 larda mast holda tumanning Nurafshon mahallasi Ziyokor ko‘chasidan o‘tib ketayotib, shu yerda yolg‘iz o‘ynab yurgan 11 yoshli qizni aldab, o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra uni shaxsiy erkinligidan mahrum etish maqsadida o‘zi yolg‘iz yashab kelayotgan uyga olib borib, yashirgan.

 

A.I. notanish bo‘lgan voyaga yetmagan qizni yashash xonadoniga olib kirib ketganini qo‘shnisi ko‘rib qolgan hamda tuman IIB navbatchilik qismiga xabar bergan. IIB xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, o‘g‘irlab olib kelingan voyaga yetmagan qizni erkakning yashash uyidan topishgan. Qizaloq o‘zining oila aʼzolariga topshirilgan. 

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va A.I. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Erkakka nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.