O'zbekiston

23 iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikada biroz bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda.

23 iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja icciq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, cho‘l hududlarining ayrim joylarida 30-32 darajagacha, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi. 

custom img

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun yer hamda mol-mulk solig‘i 10 baravar oshirilishi mumkin

Isitish qozonxonalari demontaj qilingan yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan issiqxonalarga oshirilgan mol-mulk va yer solig‘i tatbiq etilmaydi.

custom img

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uchinchi qavatdan tushib ketdi

Bursa shahridagi o‘zbekistonlik ko‘ngillilar ayolning davolanishi va sog‘ayishiga ko‘maklashdi. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 3 ta kumush medal bilan tamomladi.

custom img

Prezident fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha arizasi asossiz rad etilganini tanqid qildi

Bunday holatlar, ayniqsa, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘p uchrayotgani qayd etildi.

custom img

"Qamchiq" dovonida xavfli toshlar majburiy ko‘chirildi

Ushbu tadbir tabiiy ofatlarning oldini olish va avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

custom img

Samarqandda Qoradaryoda ahvoli yomonlashgan erkak qutqarib qolindi

Daryoda cho‘milayotgan fuqaroning birdan sog‘ligi yomonlashib harakatlana olmay qolgan.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab ko‘chmas mulk xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 14 mln so‘m soliq qarzi bo‘lgan.

custom img

Energetika tizimida bitiruvchilarni ishga qabul qilish boshlandi

Mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq bitiruvchi ish beruvchilar bilan uchrashdi, 80 nafardan ortig‘i suhbat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"