O'zbekiston

Farg‘onada qarzdorning Tracker‘i xatlanib, auksionda sotildi

Uning bankdan kredit qarzdorligi bo‘lgan.

Farg‘onada qarzdorning Tracker‘i xatlanib, auksionda sotildi

Maʼlum bo‘lishicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining qarzdor T.D.dan bank foydasiga kredit qarzini undirish, undiruvni Tracker‘ga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati chiqarilgan.

 

Qarzdor ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni 15 kunlik ixtiyoriy muddatda bartaraf qilishi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli garov mulki hisoblangan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlar natijasida mashina topilib, davlat ijrochilari tomonidan xatlangan va kimoshdi savdolariga chiqarilgan. Bo‘lib o‘tgan auksion savdolariga ko‘ra mazkur avtotransport vositasi 203 300 000 so‘mga sotib olinib, g‘oliblik bayonnomasiga asosan fuqaro X.D.ga topshirilgan. 

 

Shuningdek, kimoshdi savdolaridan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi bank hisobraqamlariga o‘tkazib berilishi taʼminlangan.

custom img

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Sirdaryo viloyati muzeyi fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

custom img

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

custom img

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

Milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida amalga oshiriladi, transport harakati esa chekka polosalar orqali davom ettiriladi.

custom img

Urganchda shokolad ichidan “gashish” aniqlandi

Yangiqo‘rg‘onda esa 423 tup kannabis yetishtirilayotgani fosh etildi.

custom img

O‘zbekistonda ijtimoiy ish faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi

Hujjat ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi vakolatli organlar faoliyatini belgilaydi.

custom img

OTM va texnikumlarga kirish test sinovlari yakunlandi

O‘n kun davom etgan imtihonlarda 610 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etdi. Yo‘nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi.

custom img

O‘zbekistonda ekologik baholash tizimiga xalqaro mexanizmlar joriy etiladi

Yangi tartiblar ekologik ekspertizani soddalashtirish, jarayonlar shaffofligini oshirish hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"