O'zbekiston

IT‘da o‘zini band qilgan yoshlarga IT-park rezidenti maqomi beriladi

Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

IT‘da o‘zini band qilgan yoshlarga IT-park rezidenti maqomi beriladi

Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi. Bunday yoshlar yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

 

Lekin ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi taʼkidlandi.

 

Endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

 

Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

 

IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi.

 

Shuningdek, yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"