O'zbekiston

Mehmonxonada janjal chiqargan qizlar qamaldi

Ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini ham bajarmagan.

Mehmonxonada janjal chiqargan qizlar qamaldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi mehmonxonalarning birida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, holat joriy yil 14-iyun kuni soat 05:30 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan "ISTEM 5 STAR HOTEL" mehmonxonasi oldida yuz bergan.

 

3 nafar qiz jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan, ikki nafar shaxs bilan janjallashib, baqir-chaqir qilishgan va shu atrofda yashovchi aholining osoyishtaligini buzishgan.

 

IIB xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida 3 nafar huquqbuzar shu yilning 23 iyun kuni Chilonzor tumani IIO FMBga yetib kelishi to‘g‘risida chaqiruv xati berilgan bo‘lishiga qaramasdan kelishmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarishmagan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, N.Sh., Q.G‘., va B.N.lar MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilishgan deb topildi va ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"