O'zbekiston

Endi til o‘rgangan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Endi til o‘rgangan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

 

2024 yil 1 sentyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

 

Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.

 

Bunda tegishli umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining ro‘yxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

custom img

BMW‘dagi fojia: YPX inspektorini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘quvchi qamaldi

Inspektorning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Orolbo‘yida parrandachilik: Kegeyli parrandachilikni rivojlantirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 7,8 mln dollarlik loyihada 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda.

custom img

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"