O'zbekiston

Qo‘qondagi dizel omborida yong‘in chiqdi

Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Qo‘qondagi dizel omborida yong‘in chiqdi

Holat bugun, 2-iyul kuni soat 17:05 da Qo‘qon shahridagi dizel yonilg‘isini saqlash omborida yuz bergan. Unda 2 ta 5 tonnalik dizel yoqilg‘i saqlash sig‘imida bo‘lgan 4000 litr dizel yonilg‘isi yongan.

 

FVB xodimlari yong‘inga 17:15 yetib borgan. Olov 17:40 da o‘rab olinib, 17:45da o‘chirilgan. Yong‘indan 20 tonna dizel yonilg‘isi hamda atrofdagi binolar saqlab qolingan.

 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.