O'zbekiston

500 dan ortiq olim Prezidentga bilim va tajribalarini bir maqsad yo'lida safarbar etishga va'da berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga "Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori" mavzusidagi respublika forumi ishtirokchilarining murojaati qabul qilindi.

500 dan ortiq olim Prezidentga bilim va tajribalarini bir maqsad yo'lida safarbar etishga va'da berdi

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” Forumi mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotida yorqin iz qoldirdi.

 

Forumda yurtimizning barcha hududlaridan 500 dan ortiq yetuk olimlar, fan arboblari, ekspertlar, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, diniy soha vakillari ishtirok etdi. Ular 10 ta shoʻbaga bo‘lingan holda Islom sivilizatsiya markazining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi hamda uning tarkibidagi muzey ekspozisiyasini shakllantirishga bag‘ishlangan 50 dan ortiq ma’ruzalarni tinglab, 600 ga yaqin taklif va mulohazalarini bildirdilar.

 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga "Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori" mavzusidagi respublika forumi ishtirokchilarining murojaati qabul qilindi.

 

Murojaatda jumladan, shunday deyiladi: “Yurtimiz tarixida birinchi marta amalga oshirilayotgan noyob megaloyiha sifatida baholanayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish to‘g‘risidagi tashabbusingiz muqaddas dinimizning tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini ulug‘lash, xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniy-ma’rifiy merosini tiklash va dunyoga targ‘ib etish borasidagi doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligingizning yuksak amaliy namunasi sifatida ayniqsa tahsinga sazovordir.”

 

Darhaqiqat, ushbu markaz o‘zbek xalqining ulug‘vor tarixi va madaniy merosi hamda diniy qadriyatlarining betakror timsoli sifatida bunyod etilayotgani qayd etilib, murojaatda shunday fikrlar bildirildi: “Bugungi tahlikali davrda, xususan, islom nomi bilan amalga oshirilayotgan xurujlar avj olgan bir sharoitda, ushbu markaz har qanday yot g‘oyalarga qarshi ilmiy raddiyalar orqali javob beradigan hamda yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda yetakchi markazlardan biriga aylanadi. Shuningdek, bu yerdagi barcha muzey ekspozisiyalarida aks etadigan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari barcha yoshlarimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek buyuk vazifaga yetaklab, buyuk ajdodlarimiz tarixi haqidagi to‘g‘ri fikrni shakllantirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz.”

 

Shuningdek, forum ishtirokchilari o‘z MUROJAATlarida alohida ta’kidlaganlaridek, “Sizning tashabbusingiz bilan bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi kelgusida xalqimiz va ayniqsa yoshlarimizning ongu tafakkurini, qalbi va ruhini yuksaltirib, Uchinchi Renessans bunyodkori etib tarbiyalashga, Yangi O‘zbekistonning o‘ziga xos ma’naviy ko‘zgusi bo‘lib xizmat qiladigan betakror maskanga aylantirish bo‘yicha barcha maqsad va vazifalarni aniq belgilab olganimiz, hech shubhasiz, faoliyatimiz samarasini oshirishda muhim ahamiyatga egadir”.

 

Murojaat yakunida: “Biz, Forum ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazini ilm va ma’rifat, yangi g‘oyalar ishlab chiqadigan chinakam aql markaziga aylantirish yo‘lida Sizga yordamchi va ko‘makchi bo‘lib, chin dildan mehnat qilishga, o‘zimizning bor bilim va tajribamiz, iste’dodimizni shunday ulug‘ ishga bag‘ishlashga va’da beramiz,”- degan so‘zlar yurtimizdagi barcha yetuk olimlar, fan arboblari, yosh tadqiqotchilar, turli soha vakillarining dil izhori sifatida yangradi.

 

Anjuman yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining ilmiy-ma’rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish, uning tarkibidagi muzey ekspozisiyasi bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy kengashni tashkil etish bo‘yicha forum ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilindi. Mazkur Ilmiy kengash forum doirasida bildirilgan 600 dan ortiq takliflarni o‘rgangan holda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi hamda hukumatga taqdim etadi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"