O'zbekiston

“Hozirda laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda”

Afg‘onistondan keltirilgan ichimlikda zaharli modda aniqlanganiga izoh berildi.

“Hozirda laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda”

Ijtimoiy tarmoqda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor taʼmli ichimlik tarkibida zaharli modda aniqlangani va shu sababli uning sotuvi Qirg‘izistonda taqiqlangani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu mahsulot O‘zbekiston Respublikasiga ham olib kirilgan. Har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan.

 

Keltirilgan mahsulotlar tarkibida zaharli yoki inson salomatligi zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan. 

 

Hozirda Afg‘oniston Respublikasida ishlab chiqarilgan anor taʼmli mahsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

 

“Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va isteʼmol qilish oqibatida zaharlanganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan”, deyiladi munosabatda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.