O'zbekiston

Toshkentdagi supermarketdan suvarak chiqdi

Sanepidqo‘mita holatga munosabat bildirdi.

Toshkentdagi supermarketdan suvarak chiqdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi supermarketda pishgan go‘sht rastasida suvarak yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Maʼlum qilinishicha, holatga oydinlik kiritish maqsadida Boshqarmaning Mirobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. O‘rganishlar davomida supermarketda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazib turish uchun MCHJ bilan shartnoma tuzilgani va so‘nggi marta joriy yilning 30 iyun kuni dezinseksiya ishlari olib borilgani aniqlangan. 

 

Shuningdek, do‘konning pastki qavatida Xitoy restorani joylashgan bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi va undan do‘konga suvaraklar kelib qolish ehtimoli mavjudligi aytilgan. Shu sababli bir necha marotaba birgalikda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilinganda restoran tomonidan doimiy rad javobi berib kelingan.

 

“Restoran rahbariyati bilan olib borilgan suhbatda ovqatlanish korxonasida zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun hech qanday shartnoma mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, bugun supermarketda profilaktik chora ko‘rish maqsadida qaytadan zararkunandalarga qarshi dezinseksiya ishlari amalga oshiriladi.

 

Aytish joizki, ushbu supermarket hamda Xitoy restoranida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari amalga oshirilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.