O'zbekiston

Andijonda soydan yosh qizchaning jasadi topildi

U qo‘shni respublikadan oqib kelgani aytildi.

Andijonda soydan yosh qizchaning jasadi topildi

Andijon viloyati Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari bo‘ylab oqqan seldan so‘ng bir qizning tanasi jonsiz holda topilgan. Bu haqida Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qizning yoshi 5-6 larda ekani taxmin qilingan.

 

Avvaliga viloyat hokimligi Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari hududidagi tezkor o‘rganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yo‘qotgan oila aniqlanmaganini maʼlum qildi.

 

"Bundan kelib chiqib, ushbu shaxs viloyatimizdan tashqari bo‘lgan, toshqin ro‘y bergan boshqa hududdan oqib kelgani taxmin qilinmoqda. Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar maʼlum qilinadi", — deyiladi xabarda.

 

Hokimlik matbuot xizmatining keyingi xabarida soydan topilgan jasad qo‘shni Qirg‘izistondan oqib kelgani aytiladi.

 

"Xo‘jaobod tumanidagi Shahrixonsoydan topilgan taxminan 5-6 yoshli qizaloq O‘sh shahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda. Yuborilgan fotosurat orqali O‘shdagi oila vakili bu qizaloq uning o‘z oilasidan ekanini tasdiqlagan.

 

Hozirda oila vakili Xo‘jaobod tumani sari yo‘lga chiqqanini bildirgan. Viloyat hokimligi va tegishli organlar tomonidan mazkur oilani qo‘llab-quvvatlash harakatlari tashkil etildi", — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida Andijon viloyatida kuchli sel oqdi.

 

Oqbo‘ra soyida oqqan kuchli sel oqibatida Xo‘jaobod tumani Yorqishloq qishlog‘ida bitta ko‘prikni suv oqizib ketgan. Yana bitta piyodalar ko‘prigi qulab vayron bo‘lgan.

 

Bu vaqtda Qirg‘izistondagi ijtimoiy tarmoqlarda O‘shdagi qishloqlardan birida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan ayol 2005, 2014 va 2018 yilda tug‘ilgan qizaloqlari bilan oqib ketgani haqida xabar tarqalgan.

custom img

Qurbon hayiti arafasida 8 mingdan ortiq bolaga 200 dollardan mablag‘ ajratiladi

Ehtiyojmand oilalar, bemor bolalar va masjidlar uchun 690 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

custom img

O‘zbekistonda orfan kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan 3-Milliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

Tadbirda noyob kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy davolash usullari hamda bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.

custom img

Bedarak yo‘qolgan o‘smir qidirilmoqda

Farg‘ona viloyatida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan Usmonov Abdurashid 2026-yil 18-may kuni uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi

Qurbon hayiti arafasida 10 mingdan ortiq bolalarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, 2 mingga yaqin og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun mablag‘ ajratiladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti YXHT bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Senator Tursinxan Xudaybergenov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Mukofot senatorning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan berildi.

custom img

Navoiy viloyatida sel oqibatida yo‘l to‘silib, 4 ta avtomobil zarar ko‘rdi

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

custom img

Yozgi ta’tilda o‘quvchilar nazorati yuzasidan kafolat xati olinayotgani rad etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  bu mazmunda hech qanday ko‘rsatma yoki tavsiya berilmaganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"