O'zbekiston

Prezident huzurida oliy taʼlim sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

Prezident huzurida oliy taʼlim sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy taʼlim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

 

Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil unda 805 ming nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

 

Mutasaddilar 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi rejasi bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilganidek, bu yil bakalavriatda ham, magistraturada ham muhandislik, qurilish, tabiiy fanlar, matematika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga kvotalar soni oshirilmoqda. To‘lov-kontrakt asosida qabul davlat va nodavlat muassasalarga bir xil shartlar asosida, oliygohning ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

 

Davlat rahbari oliy taʼlim muassasalariga umumiy davlat buyurtmasini tasdiqlash, bunda mamlakat rivoji va mehnat bozori talablariga eʼtibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

 

Yurtimizda muhandis kadrlarga talab yuqori. 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bu sohadagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan edi.

 

Masalan, hozir Surxondaryoda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti bor. Ularni yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Bu samarali boshqaruv tizimini joriy etish, takrorlanuvchi fakultet va kafedralarni qisqartirish, ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish imkonini beradi.

 

Yangi universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida o‘qitiladi. Bu maktabning yo‘nalishlariga mos sanoat hamkorlari belgilanib, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi. Ularning takliflari asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Universitetning boshqaruv va o‘qituvchilik lavozimlariga xorijiy tajribaga ega, ilmiy va amaliy malakasi yuqori mutaxassislarni jalb etish, ularning ish samarasini xalqaro standartlar asosida baholash vazifalari qo‘yildi.

 

Davlatimiz rahbari tarmoq, korxona va oliy taʼlim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini taʼkidladi.

 

O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil sentyabr oyida AQSHga tashrifi chog‘ida taʼlim sohasi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishilgan edi. Shunga muvofiq, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

 

Uning faoliyati 2024/25 o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.

 

Bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar va kelgusi maqsadlar belgilab olindi.

 

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"