Sport

"Unga "Oltin to'p" berilishi kerak"

32 yoshli Karvaxal Ispaniya bilan Yevropa chempionligini qo'lga kiritdi.

"Unga "Oltin to'p" berilishi kerak"

 

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxalning Yevropa chempionati finalini sardorlik bog'ichida yakunladi. Agar Millatlar ligasini hisobga olmaydigan bo'lsak, Karvaxal nihoyat Ispaniya terma jamoasi tarkibida yirik turnirda o'zining birinchi sovrinini qo'lga kiritdi.

 

2024-yil 15-iyun. Ispaniya Yevropa chempionatidagi ilk uchrashuvida Xorvatiyani mag'lub etdi (3:0). Gollardan biri Karvaxal hisobiga yozildi. Bu uning terma jamoadagi debyutidan 10 yil o'tib urgan birinchi goli bo'ldi. Dani himoyachi sifatida o'ynashini hisobga olsak, ajablanarli statistika emas. Yana bir jihati shundaki: Karvaxal uchun bu Yevropa chempionatidagi birinchi o'yin edi. 2016-yilda ispaniyalik futbolchi jarohat tufayli Yevrodan quruq qolgandi. U buni mavsumning so'nggi o'yinida - "Atletiko Madrid" bilan Chempionlar ligasi finalida (1:1, 5:3 penaltilar) olgandi. Karvaxal ko'zida yosh bilan maydonni tark etgandi - bu ikkinchi bo'lim boshida sodir bo'lgan. O'shanda "Real Madrid" yana chempionlikni qo'lga kiritadi, ammo Dani Yevropa chempionatiga borish orzusi bilan xayrlashishiga to'g'ri keldi.

 

2018-yilgi Chempionlar ligasi finali ko'pchilikning yodida "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning xatolari, shuningdek, Muhammad Salohning ko'z yoshlari bilan u esda qoladi. Misrlik futbolchi birinchi bo'limda Serxio Ramos bilan to'qnashuvdan keyin jarohat oladi. Ammo, o'sha o'yinda ham Karvaxal jarohat olib, yana maydonni tark etdi. Shunga qaramay, Dani JCh-2018da tiklanishga muvaffaq bo'ladi. 2020/2021-yilgi mavsum ispaniyalikning faoliyatidagi eng yomoni bo'ldi. Jarohatlari tufayli u barcha musobaqalarda bor yo'g'i 15 ta o'yinda maydonga tushib, jami 1119 daqiqani maydonda o'tkazdi. 2021-yilning aprelida Karvaxal Chempionlar ligasi yarim finalida "Chelsi" bilan o'yinda (1:1) jarohat olgandi. Yangi jarohat ispaniyalikni Yevro-2020siz qoldirdi (turnir pandemiya sababli 2021 yilning yozida bo'lib o'tgan).

 

Bularning barchasini 2017-yilda Karvaxalda yurak xastaligi tashxisi qo'yilganiga bog'lash mumkin. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkinligidan xavotirda edi, biroq shifokorlar futbolchini tinchlantirishdi. Hammasi joyiga tushdi va himoyachi futbolga qaytdi.

 

"Men biroz qo'rqib ketdim va agar jiddiy narsa bo'lsa, faoliyatimni tugatishim kerak deb o'yladim. Axir, siz boshqa holatlarda bo'lgani kabi, bu surunkali narsaga aylanishi mumkin deb o'ylay boshlaysiz. Biroq, shifokorlar tashvishlanmaslikni aytishdi. Birinchi uch-to'rt hafta qiyin bo'ldi, chunki men hech narsa qila olmadim", - degandi o'shanda futbolchi.

 

2024-yil 1-iyun kuni Karvaxal oltinchi marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Dani "Borussiya Dortmund" bilan final uchrashuvida (2:0) g'alaba golini kiritdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Va Karvaxal nihoyat Yevroga yo'l oldi. Ajablanarlisi shundaki, juda ko'p klub sovrinlariga ega bo'lgan (25 ta) futbolchi 32 yoshida mazkur turnirda debyut qildi. Ammo buning ob'ektiv sabablari bor edi.

 

Jarohatlar Karvaxalni sindirib qo'yganda, uning yuqori darajaga qaytishi qiyin bo'lardi. Ba'zi ekspertlar hatto uning o'rnini bosuvchini o'rinbosarni taklif qilishdi. Dani, o'z navbatida, jarohatlarga qanday omillar ta'sir qilishi mumkinligini o'rganib chiqdi. U dietasini o'zgartirdi va jismoniy tayyorgarligini bunga moslashtirdi. Va eng muhimi, u yanada intizomli bo'la oldi. Bugun esa u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Bir yil oldin Karvaxal Ispaniya terma jamoasi bilan o'zining birinchi sovrinini qo'lga kiritgan edi. U Millatlar ligasi finalini zahira o'rindig'ida boshladi, chunki murabbiy shuni xohlagandi. Karvaxal 97-daqiqada maydonga tushadi va yakunda bosh qahramonlardan biriga aylanadi. Aynan uning "panenka"si Ispaniyaga penaltilar seriyasida g'alaba keltiradi.

 

Ispaniyaning "AS" nashri jurnalisti Xoakin Maroto Karvaxalga "Oltin to'p" berilishi kerak, deb hisoblaydi: "Umid qilamanki, Karvaxal AQSHdagi jahon chempionatiga eson-omon yetib boradi. U "Real Madrid" bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan, Ispaniya bilan ham Yevropa chempioni bo'ldi. Menimcha, u “Oltin to‘p”ga loyiq. Buni birinchi marta aytganimda ko'pchilik meni aqldan ozgan deb o'ylashdi. Umid qilamanki, u sovrinni qo'lga kiritadi."

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"