O'zbekiston

IES tomonidan 6 oyda 17 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

Bu rejaga nisbatan 111,8 foiz.

IES tomonidan 6 oyda 17 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

Investitsiya dasturiga asosan 257,8 million AQSH dollariga teng mablag‘ o‘zlashtirilib, reja ko‘rsatkichi 101 foizni tashkil etdi.

 

Investitsiya loyihalari doirasida ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVt va Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy, energosamarador bug‘-gaz qurilmalarini bunyod etish bo‘yicha qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Korxona oldida turgan muhim vazifalardan biri - bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yilning yanvar-iyun oylarida mahsulot tannarxi 758,9 mlrd.so‘mga pasaytirilib, reja 105,2 foizga bajarildi.

 

2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jami 53 ta energo obyektda, shu jumladan, 14 ta energoblok, 1 ta Turbo generator, 28 ta qozonagregati, 7 ta  bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmalarini mukammal, o‘rta va joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

 

Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 6 ta energoblok, 5 ta bug‘-gaz qurilmasi, 17 ta qozon agregatlarida taʼmir ishlari yakunlandi. 4 ta energoblok va 8 ta qozon agregatida mukammal hamda o‘rta taʼmir ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Rejalashtirilgan taʼmir ishlari to‘liq amalga oshirilishi natijasida energoqurilmalarning mavjud quvvati 281 MVt hamda qozon qurilmalarning ishlab chiqarish quvvati 150 tonna/soatga oshirilishiga erishiladi.

 

Bundan tashqari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi “Toshkent issiqlik markazi” qozonxonalarida energo qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

 

Isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida,  taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan 15 ta qozon qurilmalaridan 8 tasi shay holatga keltirildi, 5 ta qozon qurilmalarida taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

 

2024 yil yanvar-iyun oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 32,1 milliard  so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 101,1 foizga bajarilishi taʼminlandi. Import hajmi 9,3 million AQSH dollariga qisqartirilib, bunda reja 122 foizga bajarildi.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.