O'zbekiston

Turizm sohasida oliy taʼlim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi

Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Turizm sohasida oliy taʼlim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyul kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Bu haqida shu yil 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda topshiriq berilgan edi. Ushbu topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

 

Xususan, xorijiy turistlarni jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada yillik 17 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga ajratiladi.

 

Salohiyati yuqori bo‘lgan joylarda master-rejalar asosida turizm maskanlari barpo etiladi. Bunday hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda respublika byudjetidan 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, ularning har biriga 50 million dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.

 

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun qator yengilliklar ham nazarda tutilmoqda. Ular orasida avtobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod etish, turoperator va hunarmandlarning xalqaro yarmarkalardagi xarajatining 50 foizini qoplab berish, xorijiy mehmonlar ishtirokida biznes tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarning foyda solig‘i 50 foizga kamaytirish kabi choralar bor.

 

 

Davlat rahbari O‘zbekistonning milliy turizm brendini yaratish zarurligini taʼkidlagan edi. Shunga muvofiq, maqsadli bozorlar talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi turizm turlari to‘g‘risida kontentlar yaratiladi. Ular xalqaro media va ijtimoiy platformalar, jahon sport va sanʼat tadbirlarida targ‘ib qilinadi. Bunga auditoriyasi katta bo‘lgan xorijiy jurnalist, bloger va inflyuenserlar ham jalb qilinadi.

 

Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha avia, temiryo‘l va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi. Avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi. Umumxalq bayramlari kunlarida qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bular haqda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

 

Soha uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi ham muhim. Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab, bu borada ham qator yangiliklar mo‘ljallanmoqda.

 

 

Jumladan, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi taʼlim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy taʼlim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

 

Davlat rahbari bu chora-tadbirlar bo‘yicha hujjat ishlab chiqib, ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.