O'zbekiston

Buxoroda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Buxoroda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

 

Buxoroda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.N. fuqaro V.S.dan 240 ming Rossiya rublini 31,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Gʻozg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M jami 1,3 million Qozoq tengesini fuqaro A.J.ga 37 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan yonida bo‘lgan 1,2 mln Qozoq tengesini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge musobaqasida mutlaq chempionlikka erishdi.

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Mirzaobod tumanida bolalarni meʼyordan ortiq tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi mavsumida 145 ta monitoring o‘tkazib, majburiy mehnat, ish haqlarini kechiktirish va mehnat shartnomalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq holatlarni qayd etdi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.