O'zbekiston

DXX advokatlarni pora bilan qo‘lga tushirdi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochildi.

DXX advokatlarni pora bilan qo‘lga tushirdi

Samarqand, Farg‘ona va Toshkent shaharlarida pora olgan advokatlar qo‘lga tushdi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahridagi advokatlik firmalarida ishlovchi 2 nafar advokat 6 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum jazosini sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazoga o‘zgartirib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.

 

Shuningdek, Toshkent shahridagi advokatlik firmasining muqaddam bir necha marotaba sudlangan advokati to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida aniqlangan 12 mlrd so‘m miqdoridagi zararning 6 mlrd so‘mini prokuratura va ichki ishlar organlaridagi tanishlari yordamida jabrlanuvchi foydasiga undirib berish evaziga 100 ming dollar talab qilgan. Ammo u so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, advokatning ushbu ishga aloqador bo‘lgan hamkasbi va muqaddam prokuratura organlarida ishlagan tanishi ham 50 ming dollardan 30 ming dollarini olgan vaqtlarida ushlangan.

 

Bundan tashqari, Samarqand shahridagi advokatlik firmasining avval sudlangan advokati Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohini bekor qilishda sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"