O'zbekiston

Farg‘onada yo‘lovchi harakatdagi Damas‘dan sakrab yubordi

Shundan so‘ng uni boshqa avtomashina bosib ketgan.

Farg‘onada yo‘lovchi harakatdagi Damas‘dan sakrab yubordi

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘onada yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Holat 16 iyul kuni Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida sodir bo‘lgan. Damas rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.

 

Oqibatda D.P. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga mato tiqib, zo'ravonlik qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabat holatini nazoratga olib, ishchi guruh tuzilganini bildirdi.

custom img

Sirdaryolik ota chetga chiqish uchun 140 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa erkak 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab, chetga chiqish huquqini tiklagan.

custom img

Samarqandda ota sudga chaqirilgach, 25 mln aliment to‘ladi

Bungacha qarzdor aliment mablag‘larini belgilangan miqdorda emas, kam-ko‘st to‘lab kelgan.

custom img

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Vazirlik tibbiyot tizimida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida "Raqamli komplayens", "Sirli mijoz" va sun’iy intellekt asosidagi nazorat tizimlarini ishga tushirmoqda.

custom img

Navoiyda haydovchi transport nazorati inspektoriga pora taklif qildi

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi evaziga pora bermoqchi bo‘lgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

YHXX boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qarori bilan Sherzod Ibragimov yangi lavozimga tayinlandi.

custom img

Qashqadaryoda 4 kishi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Jabrlanuvchiga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asini qabul qilib oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"