O'zbekiston

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

"O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yana-da oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga muvofiq, Turizm qo‘mitasi:

 

  • 2024 yil 1 oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;

 

  • 2024 yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;

 

  • 2024–2025 yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.

 

2025 yil 1 yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028 yil 1 yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yana-da mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.