O'zbekiston

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

 

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Matbuot xizmati hamda “Mahalla media” MChJ hamkorligida Jizzax shahrida OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani va media-tur tashkil etildi.

 

Tadbirda to‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazish, isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

 

   

 

Anjumanda to‘y va marosimlarni milliy qadriyatlarga mos, ixcham va mazmunli tashkil etish oilalarni ortiqcha xarajatlar va qarzdorlikdan asrashga xizmat qilishi ta’kidlandi. To‘yning qadri dabdaba yoki sarflangan mablag‘ bilan emas, balki ezgu niyat, samimiyat va yaqinlarning hamjihatligi bilan belgilanishi qayd etildi.

 

Shuningdek, ortiqcha hashamatga intilish va boshqalardan qolishmaslik istagi ayrim oilalarni moliyaviy qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkinligi aytildi. Bu borada mahalla yettiligi, nuroniylar va jamoatchilik vakillarining aholi bilan manzilli ishlashi, tejamkorlik madaniyatini targ‘ib qilishi muhimligi ta’kidlandi.

 

     

 

Matbuot anjumanidan so‘ng jurnalistlar Jizzax shahridagi “Jizzaxlik” va “Madaniyat” mahallalarida bo‘lib, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

 

“Jizzaxlik” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalarga yordam berish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

 

“Madaniyat” mahallasida esa giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktik ishlar namoyish etildi.

 

     

 

Mutaxassislar giyohvandlikka qarshi kurashishda nafaqat uning oqibatlarini bartaraf etish, balki kelib chiqish sabablarining oldini olish ham muhimligini qayd etdi. Buning uchun yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim va kasb-hunarga jalb qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda ota-onalar mas’uliyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

 

Tadbir yakunida to‘y-marosimlarda isrofgarchilikni kamaytirish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlashda davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda ota-onalarning hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.