Jahon

Hindistonda fojia qurbonlari soni 270 kishidan oshdi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining maʼlum qilishicha, 220 kishi bedarak yo‘qolgan.

Hindistonda fojia qurbonlari soni 270 kishidan oshdi

Vayanad tumanida 30 iyul, seshanba kuni kuchli yomg‘irdan keyin uchta ko‘chki sodir bo‘ldi – baʼzi hududlarda bir kun ichida 300 mm‘dan ortiq, o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘proq ko‘chki tushdi. Eruvajanji daryosi qirg‘oqlaridan toshib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, qishloqlarni, choy va boshqa plantatsiyalarni suv bosdi.

 

Qutqaruv operatsiyasi uch kundan beri davom etmoqda. Ammo bu noqulay ob-havo sharoiti va tepaliklar sabab qiyinlashmoqda.

 

The Guardian nashriga ko‘ra, Hindiston armiyasi jabrlangan hududdan 5500 dan ortiq odam, jumladan, yuzlab sayyohni evakuatsiya qildi. Ular chodir lagerlariga joylashtirildi.

 

Olimlarning qayd etishicha, iqlim o‘zgarishi sababli Hindistonda musson fasllari kuchayib bormoqda. Kuchli yog‘ingarchilik ko‘chki xavfini oshiradi. Mahalliy aholi tog‘li yerlarda ko‘proq uylar qurayotgani va o‘rmonlarni plantatsiyalar barpo etish uchun kesayotgani muammoni yana-da kuchaytirmoqda.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"