O'zbekiston

Toshkentda Damas sotib olmoqchi bo‘lgan mijozga suiqasd qilindi

Shu orqali gumonlanuvchi uning puliga ega chiqmoqchi bo‘lgan.

Toshkentda Damas sotib olmoqchi bo‘lgan mijozga suiqasd qilindi

Toshkent shahrida mashina sotuvini eʼlon qilgan yigit mijozning puliga ega chiqish uchun unga suiqasd qildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea kecha, 2 avgust kuni 11-12 lar orasida Chilonzor tumani Bekto‘pi mahallasi Poygoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

 

2004 yilda tug‘ilgan erkak onlayn savdo platformasiga Damas avtomashinasini sotishi haqida eʼlon joylashtirgan. U eʼlon bo‘yicha murojaat qilgan 1987-yilda tug‘ilgan erkak bilan tanishib, dastlab 100 AQSH dollarini avans sifatida olgan va 37 yoshli mijozda avtomashina sotib olish uchun 4500 AQSH dollari borligiga ishonch hosil qilgan. 2 avgust kuni u pullarni qo‘lga kiritish maqsadida unga suiqasd uyushtirgan. 

 

Hodisa oqibatida jabrlanuvchi tan jarohati olgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97- (Qasddan odam o‘ldirish)va 164-moddalari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"