O'zbekiston

Qashqadaryodagi shifoxonada liftdan ayol jasadi topildi

U muassasada “sanitarka” lavozimida ishlab kelgan.

Qashqadaryodagi shifoxonada liftdan ayol jasadi topildi

Respublika tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi shahar filialiga qarashli shifoxonada tibbiyot xodimi lift shaxtasidan o‘lik holda topildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, shifoxonada “sanitarka” bo‘lib ishlovchi ayol ish faoliyati davomida shifoxona binosidagi liftdan foydalanishga uringan. Ammo lift nosozligi bois uning shaxtasiga tushib ketgan.

 

Masʼullarning maʼlumot berishicha, bu lift mutaxassis ishtirokida faqatgina og‘ir bemorlarga xizmat ko‘rsatgan.

 

Ayol ishda ko‘rinmay qolgani bois hamkasblari uning shu shifoxonada ishlaydigan singlisiga xabar bergan. Natija bo‘lmagach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. 20 soatdan ortiq qidiruvlardan so‘ng, 2024 yilning 4 avgust kuni 36 yoshli ayol lift shaxtasidan o‘lik holda topilgan. Voqeadan so‘ng ushbu liftdan foydalanish cheklab qo‘yilgan.

 

Qo‘shnilariga ko‘ra, marhumaning 3 nafar farzandi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Rossiyada ishlaydi. Ayni paytda Qarshi shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"