O'zbekiston

“Xalqimizning chinakam qahramonlari bo‘ldingiz”

Prezident Olimpiada chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi.

“Xalqimizning chinakam qahramonlari bo‘ldingiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishilishiga hissa qo‘shgan sportchilar - bokschilar Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

 

“Boks bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahramonlari bo‘ldingiz. Yangi O‘zbekistonning yangi yoshlariga juda katta o‘rnak, namuna bo‘layapsizlar. Yurtimiz o‘g‘lonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo hamjamiyati ko‘rib turdi va men sizlardan g‘ururlanaman”, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Yigitlarning kechagi g‘alabalari xalqimizga juda katta mamnuniyat bag‘ishlagani taʼkidlandi. Prezident yuqori natijalarga erishayotgan olimpiyachilarimizga, butun terma jamoamizga o‘zining qizg‘in salomini yetkazishni so‘radi.

 

Chempionlar ham Prezident va xalqimiz ishonchini oqlaganidan mamnunligini bildirib, shunday g‘alabalarga erishish imkonini bergan eʼtibor va keng sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor qildilar. Bundan buyon ham Vatan bayrog‘ini baland ko‘tarishda davom etishga vaʼda berdilar.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.