O'zbekiston

12-avgust uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikada 41 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

12-avgust uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

12-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.    

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.    

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.    

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.  

custom img

Prezident Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan stadioniga tashrif buyurdi

Rekonstruksiya natijasida «Turon» stadioni sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tun-u kun ishlaydigan ko‘chada bo‘ldi

Ko‘chalarni obodonlashtirishga 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning «Pearson BTEC» xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.

custom img

Prezident Nukusdagi gazoblok ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

«Coals KS» korxonasi yiliga 300 ming kub metr gazoblok va 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

custom img

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"