Sport

"Atletiko Madrid" "Real" va "Barsa"ga jiddiy javob qaytarmoqchi

Jamoa yozning eng qimmat transferini amalga oshirdi.

"Atletiko Madrid" "Real" va "Barsa"ga jiddiy javob qaytarmoqchi

 

Yozning eng qimmat transferi amalga oshdi. Madridning “Atletiko” klubi “Manchester Siti”dan hujumchi Julian Alvares transferini e’lon qildi. Insayderlarning fikricha, transfer summasi 75 million yevro + bonuslar sifatida 20 million yevroni tashkil qilgan. Bu tarixiy transfer: “Manchester Siti” o‘z tarixida hech qachon bunday summaga futbolchi sotmagan edi. Biz Alvaresning Madridga sayohati xronologiyasi haqida ma'lumot taqdim etamiz.

 

O‘tgan mavsumda Julian “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu yaxshi natija, lekin argentinalikning imkoniyatlari bundan ham yuqoriroq edi. Shunday bo'lsa-da, "Siti"da u Erling Holanddan keyingi o'rinbosar sifatida qabul qilinmadi. 24 yoshida Jahon kubogi, Amerika kubogi, Chempionlar ligasi, Libertadores kubogi va ikki marta Premyer-liga chempionligini qo'lga kiritgan futbolchi yana ko'p maqsadlarni oldiga qo'ygan. Bu haqda iyul oyida Alvaresning o'zi ma'lum qilgandi.

 

"O'tgan mavsumda men "Siti" safida eng ko'p o'ynagan futbolchilardan biri edim. Lekin, yakunda muhim o'yinlarda chetda qolishni yoqtirmayman, jamoani g'alabasiga o'z hissamni qo'shishni xohlayman. Men o'zim uchun nimani xohlayotganim haqida o'ylab ko'rishim kerak".

 

Xabarlarda aytilishicha, 24 yoshli hujumchi "Siti" rahbariyatidan uni qo'yib yuborishni so'ragan. 2023/2024-yilgi mavsum oxirida Alvares klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgandi. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchining so'zlariga javob qaytarib, uning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

 

"Alvares bu haqda o'ylab ko'rishini aytdi. U o‘ylanib bo‘lgach, agenti “Manchester Siti” sport direktoriga qo‘ng‘iroq qiladi va natijada biz nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bilaman, u muhim bahslarda o'ynashni xohlaydi, lekin boshqalarda ham vaziyat shunday. Muhim uchrashuvlarda maydonga tushishni istaydigan 18 yoki 19 nafar futbolchim bor. Agar u ko'proq narsani xohlasa, bu yaxshi."

 

"Marca" nashrining xabar berishicha, "Atletiko" Alvaresni Antuan Grizmanning o'rinbosari deb hisoblamoqda. Madridliklar argentinalikni ko'p gol ura oladigan va maydonda yetakchi bo'lishga qodir futbolchi sifatida ko'rmoqda. "Atletiko" shuningdek, Kilian Mbappening "Real Madrid"ga o'tishi va "Barselona"ning Niko Uilyams va Dani Olmo bilan tuzgan katta shartnomalariga shu orqali javob bermoqchi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.