Eronda yirik kiberhujum yuz berdi
Oqibatda mamlakat bo‘ylab bankomatlar ishlamay qolgan.

Kiberhujum natijasida Eron Markaziy banki va boshqa ko‘plab milliy banklar zarar ko‘rdi. Mamlakat bo‘ylab bankomatlar faoliyati to‘xtab qoldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlarda “Pulingizni bankdan ololmaysiz. U Eron rejimi tomonidan terror va urushni qo‘zg‘atishga sarmoya qilingan” degan yozuv paydo bo‘lgan.







