Ilhom Aliyev O'zbekistonga keldi
Prezidentga rafiqasi ham hamrohlik qilmoqda.

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.







