Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon birinchi xonimi bilan uchrashishdi
Xonimlar "Mehrli maktab" shifoxonasiga tashrif buyurishdi.

Kecha, 23-avgust kuni O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi.
Xonimlar birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi "Mehrli maktab" shifoxonasiga, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari ko‘rgazmasiga borishdi. Ular milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qilishdi.
Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak an’analar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning rivojida muhim o‘rin tutadi.







