O'zbekiston

"Tolibon" O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Abdulg‘affor Tiraviy tez orada Toshkentda o‘z vazifasiga kirishishi kutilmoqda.

"Tolibon" O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy departamenti direktori Zokir Jaloliyning aytishicha, Abdulg‘affor Tiraviy Islom Amirligining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tanishtirilgan. 

 

Qo‘shimcha qilinishicha, bu borada ikki tomon ham kelishib olgan va yangi tayinlangan elchi tez orada Toshkentda o‘z vazifasini boshlashi kutilmoqda.

 

U, shuningdek, ayrim davlatlar bilan diplomatik munosabatlar darajasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi.

 

Jaloliyga ko‘ra, "o‘tgan uch yil ichida Islom Amirligi o‘zini barqaror va kuchli rejim sifatida isbotladi va kun sayin mintaqa va dunyo bu haqiqatni anglab yetmoqda".

 

Avvalroq Badruddin Haqqoniy Afg‘onistonning BAAdagi elchisi, Muhammad ul-Rahmon esa Qozog‘iston elchixonasining vaqtinchalik ishlar vakili etib qabul qilingan edi.

custom img

Davlat xaridlari tizimida 7,8 trillion so‘m iqtisod qilindi

Xarid jarayonlarini raqamlashtirish doirasida sun‘iy intellekt asosidagi moderatsiya tizimlari joriy etildi.

custom img

“Chorsu”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va yana o‘nlab bozorlar sotuvga qo‘yiladi

Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

custom img

Toshkentdagi “basseyn”larda ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Samarqandda sanitariya xulosasi evaziga pora talab qilgan mansabdor ushlandi

U tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln so‘m talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgardi

Yangi tartib o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlashni soddalashtirish hamda jarayonni adolatli tashkil etishga qaratilgan.

custom img

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari yangi operator orqali tiklanadi — Markaziy bank

Markaziy bank yangi operator orqali xizmatlar kelasi haftadan qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha bellashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"