Durovning hibsdan ozod qilinishi shartlari ma’lum bo‘ldi
U haftada ikki marta politsiyaga ko‘rinish berishi kerak.

Telegram asoschisi Fransiyani tark etmaslik sharti va 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborildi. U 6 ta qonunbuzarlikda, jumladan, noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida onlayn platforma boshqarishda ayblanmoqda. Bu uchun u 10 yilga qamalishi mumkin.
U haftada ikki marta politsiyaga ko‘rinish berishi kerak bo‘ladi.







