O'zbekiston

Prezident Jamoat xavfsizligi universitetini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev ofitser va talabalar bilan muloqotda dual taʼlimni keng joriy qilish, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Jamoat xavfsizligi universitetini ko‘zdan kechirdi

Kecha, 29 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi.

 

Ushbu maskan malakali kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. O‘quv yurtining asosiy vazifasi chuqur o‘qitish, jangovar va jismoniy tayyorgarlikni oshirish orqali jamoat xavfsizligini samarali tashkil etishga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

 

Qayd qilinishicha, universitetga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar qabul qilingan. Bakalavriatda 15, magistraturada 8 yo‘nalish bor. Bugungi kunda bakalavriatda mingdan ortiq kursant, maxsus yo‘nalish, sirtqi taʼlim va magistraturada yana shuncha yoshlar taʼlim olyapti. Ularga jami 209 nafar o‘qituvchi, professor va fan doktorlari saboq bermoqda.

 

So‘nggi yillarda universitetning o‘quv binolari kapital taʼmirlandi. Sport majmuasi va o‘quv-uslubiy situatsion markazi yangidan qurildi. Har biri 300 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta yotoqxona zamonaviy holatga keltirildi. Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

 

Prezident ofitser va talabalar bilan muloqotda dual taʼlimni keng joriy qilish, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Universitetning yangi sport majmuasi ham ko‘zdan kechirildi. Ikki qavatli majmuada basseyn, trenajyor va krosfit zali, boks, ko‘pkurash maydonlari tashkil etilgan. Katta sport zalida gimnastika, mini-futbol, gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi bilan birga balandlik tayyorgarligi va evakuatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin.

 

Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 500 o‘rinli tadbirlar zali, harbiy orkestr jamoasining shug‘ullanishi uchun alohida xona, vatanparvarlik muzeyi, psixologik markaz joylashgan. Davlat rahbari ularning ijodiy chiqishlarini kuzatdi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"