Sport

Yevropada transfer bozori yopilish arafasida

Bir qator futbolchilar yangi jamoalariga o'tishi mumkin.

Yevropada transfer bozori yopilish arafasida

 

Yevropa top-ligalarida yozgi transfer oynasining yopilishiga sanoqli soatlar qoldi. Klublar yakuniy bitimlarni tuzmoqda. Muxlislar belgilangan muddat tugashiga oz vaqt qolganida kutayotgan asosiy transferlar haqida to'xtalmoqchimiz.

 

Manuel Ugarte

 

"Manchester Yunayted" yarim himoyani kuchaytirishi kerak. Erik ten Xagda yosh Kobbi Maynu va Kazemiro bor. Lekin, braziliyalik futbolchi "Real"da ko'rsatgan o'yinini ko'rsatmayapti. Yarim himoyada esa o'zgaruvchanlik zarur. Manuel Ugarte "Manchester Yunayted"ga yordamga keladi. Manuel hujumlarni ustalik bilan yo'q qila oladi. "Manchester Yunayted" urugvaylik futbolchi uchun 60 million yevro to‘laydi. Shartnoma tez orada amalga oshishi mumkin.

 

Jeydon Sancho

 

Jeydon Sancho "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan yarashdi. Ammo, bu vingerning klubda qolishiga yordam bermadi. Qishda u Dortmundning "Borussiya"siga qaytdi, endi esa Italiyaga safar qilish arafasida. "Yuventus"ga yangi futbolchilar kerak. Turinliklar allaqachon “Fiorentina”dan Nikolas Gonsales va “Portu”dan Fransisko Konseysaoni jamoaga qo'shib olishgan.

 

Viktor Osimhen

 

Yozning asosiy transfer hikoyalaridan biri nihoyasiga yetishi mumkin. Variantlar ko'p: Osimhen Premyer-liga, Liga-1 va Saudiya Arabistoni jamoasi tanlash imkoniyatiga ega. Bir necha oy davomida "Chelsi" va "PSJ" Viktorning transferi haqida "Napoli" bilan gaplashishdi, ammo italiyaliklar futbolchi uchun katta narx aytishdi - 130 million yevro. Shundan so'ng, Saudiyaning "Al-Ahli" klubi masalasiga aralashdi: Fabritsio Romano klublar nigeriyalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga yaqin ekanini ma'lum qildi. “Al-Ahli” hozircha Osimhen bilan kelishuvga erishmagan. Forvard kattaroq maosh olishni xohlaydi.

 

Jonatan Ta

 

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikda kutilmagan reja paydo bo'ldi. Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, nemis murabbiyi rahbariyatdan "Bayer" himoyachisi Jonatan Ta bilan shartnoma imzolashni so'ragan. "Barselona"ga aksincha yarim himoyachi kerak. Jurnalist Rojer Torelloning qayd etishicha, "Barsa" "Bayer"ga 20 million yevro taklif qilgan, Jonatan Ispaniyaga o'tib, Flick qo'l ostida o'ynashni xohlamoqda. "Bayer" futbolchi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.

 

Kingsli Koman

 

Kingsli Koman "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompaning rejalariga kiritilmadi. Shu sababli myunxenliklar fransiyalik vinger uchun takliflarga ochiq. Yevropa OAVlari unga "Barselona", "PSJ" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirishgani haqida yozishgan. Biroq, faqat Saudiyaning “Al-Hilol” klubi jiddiy taklif bilan chiqdi. Koman Yaqin Sharqqa ko'chib o'tish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin Yevropadagi transfer oynasi oxirigacha kutishi mumkin. Kingsli Yevropaning top-klublaridan taklif olmasa, "Al-Hilol"ga o'tishga rozi bo'ladi.

 

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"