O'zbekiston

Maktablarda "Huquqiy sinflar" tashkil etiladi

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.

Maktablarda "Huquqiy sinflar" tashkil etiladi

 

Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab: maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi;

 

Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik liseylariga qabul boshlanadi.

 

“Huquqiy sinf”ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

 

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda “Davlat va huquq asoslari” fanini chuqurlashtirib o‘rganish;

  • “Huquqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalari asosida o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash;

  • huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti xodimlarini jalb etish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;

  • o‘quvchilarni “Davlat va huquq asoslari” fani bo‘yicha maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.

 

Maktablarda “Huquq” fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqshunos bilimdon” olimpiadasi va “Huquq” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi. Bunda, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.

 

“Huquqiy sinf”ga “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziqqan 8-sinf o‘quvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.

 

“Maktab – lisey – texnikum – OTM” uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha akademik liseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik o‘qish davrida har o‘quv yilining yakuniy baholari “a’lo” va “yaxshi” bo‘lgan) bitiruvchilar 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.

 

Hujjat bilan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga itoatkorlik ruhini tarbiyalash va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.