Eng ko‘p gaz eksport qilayotgan mamlakatlar ma'lum qilindi
Birinchi o'rinda Rossiya qayd etilgan.

Xalqaro gaz ittifoqi (IGU) taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili jahon bozoriga eng ko‘p gaz yetkazib bergan mamlakat — Rossiya.
IGU ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda Rossiya 139 mlrd kubometr gaz sotgan. Ikkinchi o‘rinda — Qatar (128 mlrd), uchinchi — AQSH (127 mlrd).
Ta’kidlanishicha, sanksiya cheklovlari Rossiyaning Yevropaga suyultirilgan tabiiy gaz eksportiga qisman ta’sir ko‘rsatgan, xolos. Fransiya, Ispaniya, Niderlandiya, Italiya va Belgiya rus gazini yoqishda davom etmoqda, - deyiladi xabarda.







