O'zbekiston

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Rossiya Prezidenti ikki mamlakat o'rtasidagi faol hamkorlikni yuqori baholagan.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrik yo‘lladi.

 

Rossiya rahbarining tabrigi quyidagicha keltirilgan:

 

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

 

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling.

 

Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab, mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etib, jahon miqyosida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

 

Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xarakteriga ega. Moskva va Toshkent turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilib, MDH, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda.

 

Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni izchil oshirishda davom etamiz.

 

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga baxt va farovonlik tilayman.

 

Hurmat bilan,

Vladimir Putin

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi | Zamon.uz