O'zbekiston

Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni sotish taqiqlangan?

SSV ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni sotish taqiqlangan?

Gamburger, chizburger, xot-dog, “kiriyeshki”, “xrustyashki”, chips, energetik va gazlangan ichimliklar... Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu turdagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, ular yurtimizdagi umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Xususan, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional taʼlim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

 

— go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

 

— sunʼiy taʼm, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;

 

— sunʼiy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

 

— rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;

 

— veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;

 

— tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;

 

— bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har xil turdagi konservalar;

 

— turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;

 

— kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);

— xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;

 

— pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik noxush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;

 

— qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

 

— kvas;

 

— xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;

 

— sirka, xantal, xren (yerqalampir), o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar;

 

— o‘tkir taʼmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;

 

— tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;

 

—  pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar;

 

— danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);

 

— okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar;

 

— tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo‘lishi taqiqlanadi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"