Jahon

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Arab va musulmon davlatlari yetakchilari bundan xavotirda.

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

 

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampga har kuni qo‘ng‘iroq qilib, uni Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashga undamoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi masaladan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.

 

Nashr manbasining aytishicha, Tramp ma’muriyati ichida ham, tashqarisida ham AQShning Eronga qarshi yangi urush boshlashini istamaydigan kuchlar bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

 

Shuningdek, mintaqaviy davlatlar rahbarlari Trampga vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikni maslahat bermoqda.

 

Financial Times yozishicha, arab va musulmon davlatlari yetakchilari Netanyaxuning AQSh prezidentini Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlashga undayotganidan xavotirda.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28-fevral kuni Ummon vositachiligida AQSh va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan uch tomonlama yadroviy muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng Eronga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya boshlagan edi.