O'zbekiston

Chiqindilarni balandlikdan tashlash oqibati: qurilish obyektida qoidabuzarlik aniqlandi

Qurilish chiqindilarini yuqori qavatdan tashlagan ishchi javobgarlikka tortildi.

Chiqindilarni balandlikdan tashlash oqibati: qurilish obyektida qoidabuzarlik aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi qurilish obyektlaridan birida ishchi binoning yuqori qavatidan qurilish chiqindilarini pastga tashlayotgani aks etgan video tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy inspeksiya xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.

 

O‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qurilish obyekti mas’ullariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

 

Shuningdek, qurilish maydoniga chiqindilarni xavfsiz tushirish uchun maxsus quvurlar o‘rnatildi va ishchilar uchun tegishli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lum qildi.