O'zbekiston

Prezident Bobur Omonovni chempionlik bilan tabrikladi

Shuningdek, davlat rahbari bugungi bellashuvlarda qatnashadigan sportchilarga omad tiladi.

Prezident Bobur Omonovni chempionlik bilan tabrikladi

Kecha Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘lgani hamda 2021 yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi. Bu galgi o‘yinlarda ham yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlash yo‘lida unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga rahmat aytdi.

 

Chempion xalqimiz ishonchini oqlaganidan xursandligini bildirib, terma jamoamizning, shu jumladan o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari O‘zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida sportga qaratilayotgan alohida eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini taʼkidladi.

 

Fursatdan foydalanib, Prezident kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarimizga omad tiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.