O'zbekiston

Toshkent aeroportida salkam 10 ming dona “kofe” to‘xtatib qolindi

Ularning tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda bo‘lgan.

Toshkent aeroportida salkam 10 ming dona “kofe” to‘xtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan bir guruh O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

 

Unga ko‘ra, fuqarolarning qo‘l yuklari va bagajlari tekshirilganda, bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan, hech qanday ruxsatnomasiz jami 358 quti ichida 9 210 dona “KETO FORM SLIMMER COFFEE” nomli bioaktiv moddalarga o‘xshash kukunsimon mahsulotlar borligi aniqlandi.

 

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur mahsulotlar tarkibida “sibutramin” va “kofein” moddalari mavjud bo‘lib, “sibutramin” moddasi “Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar” ro‘yxatidagi respublika hududida muomalasi cheklangan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilganligi maʼlum qilingan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.