O'zbekiston

Prezident konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Samarqandda Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Prezident konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

 

Avvalo, siz, azizlarni bugungi nufuzli anjuman – Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Ushbu qo‘shma konferensiya O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgani uchun Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi prezidenti Key Vi Shrinavasan va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi prezidenti Chem Altan janoblariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

 

Mazkur anjumanda qatnashayotgan sohaning yuqori martabali vakillariga, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlariga ham tashakkur izhor etaman.

 

Qadimiy buyuk ipak yo‘li durdonasi, usta hunarmandlar yurti bo‘lgan azim Samarqand shahriga xush kelibsiz!

 

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

 

Biz keyingi yillarda mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, xorijiy va mahalliy investorlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida qatʼiy qadamlar tashladik.

 

Har bir soha va tarmoqda bo‘lgani kabi, to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatida ham keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.

 

Eng avvalo, paxta yetishtirishda davlat monopoliyasiga barham berildi, xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq qamrab olgan klaster tizimi yaratildi va bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda.

 

Sohadagi islohotlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilib, O‘zbekistonga nisbatan «paxta boykoti» bekor qilindi. Bu borada «Cotton Capaign» xalqaro koalitsiyasi bilan hamkorligimiz davom ettirilmoqda.

 

Shu bilan birga, barqaror qonunchilik bazasi yaratilgani, investitsiyaviy muhit yaxshilangani, yangi texnologiyalar joriy etilgani natijasida paxta tolasini qayta ishlash 2017-yildagi 40 foizdan 100 foizga yetdi. Ayni vaqtda chetdan tola va xomashyo olib kelib, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlar ham boshlandi.

 

Sohada yaratilgan imkoniyatlar tufayli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 barobar ko‘paydi, ularning eksporti 4 karra ortdi.

 

Eng muhimi, ilgari sohada eksportning salmoqli qismi, yaʼni 70 foizi xomashyo hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda chetga sotilayotgan tovarlarning 60 foizini tayyor mahsulotlar tashkil etmoqda.

 

Biz islohotlarni boshlagan ilk davrdayoq inson kapitalini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasbga o‘rgatish, barcha sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik va bu masalalar bundan buyon ham diqqatimiz markazida bo‘ladi.

 

Korxonalardagi ishchilar uchun xalqaro talablarga javob beradigan, munosib mehnat sharoitlari yaratilmoqda, «Better Work» va «Better Cotton» dasturlari tizimli joriy etilmoqda.

 

Sohada band bo‘lgan 600 mingdan ziyod aholining mehnat huquqlarini taʼminlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Shuningdek, to‘qimachilik sohasida milliy brendlarni yaratish, mamlakatimizga nufuzli xalqaro va xorijiy brendlarni jalb etish bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilmoqda.

 

Mamlakatimizda Germaniyaning “Timdres”, Italiyaning “Kotonella”, Singapurning “Indorama”, Koreyaning «Posko Interneyshnl» va “Yang-van” kompaniyalari kabi jahon bozorining nufuzli ishtirokchilari samarali faoliyat olib bormoqda.

 

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati jahondagi ishlab chiqarish jarayonlariga faol integratsiya bo‘lib, dunyoning barcha qitʼalarida ishonchli hamkorlarimiz ko‘paymoqda.

 

Taʼkidlash joizki, xorijiy investorlar va xalqaro brendlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, milliy brendlarni xalqaro darajaga olib chiqish – kelgusida ham to‘qimachilik sanoatidagi ustuvor yo‘nalishlarimiz bo‘lib qoladi.

 

Ishonchim komil, bugungi konferensiya ushbu sohada o‘zaro hamkorlikni xalqaro miqyosda yana-da yuksaltirish va mustahkamlash, ilg‘or tajriba va g‘oyalar bilan almashish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.

 

Bu esa, anjumanda ishtirok etayotgan 500 dan ziyod milliy va xalqaro tashkilotlar, ishlab chiqaruvchilar va “riteyl” kompaniyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirib, soha rivojini yangi sifat bosqichiga olib chiqish imkonini beradi, deb umid qilaman.

 

Biz xorijiy hamkorlarimizning o‘zaro manfaatli barcha tashabbuslarini yuksak baholaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Jumladan, xalqaro brendlar O‘zbekistonga kirib kelishi uchun zarur standartlarni joriy etishda har tomonlama ko‘maklashamiz.

 

Nufuzli xalqaro tashkilotlarga konferensiya, ko‘rgazma, moda namoyishlarini yurtimizda, ayniqsa, turizm va sanoat salohiyati yuqori bo‘lgan Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan, Andijon shaharlarida muntazam o‘tkazib borishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

 

Aminmanki, yurtimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, mehnatkash va olijanob xalqimiz bilan uchrashuvlar sizlarda unutilmas taassurotlar qoldiradi, hududlarimizning ulkan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati esa, investorlarni yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishga undaydi.

 

Sizlarni bugun o‘z ishini boshlayotgan yirik anjuman bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, konferensiya ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman, deyiladi tabrikda.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.