O'zbekiston

Qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani rad etildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs tomonidan qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani tufayli har joydan ham go‘sht sotib olmaslikka chorlovchi audioxabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Holat Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda tegishli idora vakillari hamkorligida atroflicha o‘rganildi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, so‘nggi olti oy davomida hududdagi chorva mollarida biror bir kasallik aniqlanmaganligi, qoramollar sog‘lom parvarish qilinayotgani aniqlangan.

 

Binobarin, yolg‘on va asossiz xabar tarqatgan audioxabar egasi Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro Feruza Tursunova ekanligi maʼlum bo‘lgan. Fuqaro F.Tursunovaga yolg‘on xabar berish, vahima uyg‘otuvchi asoslanmagan maʼlumot tarqatish uchun qonunchilikda jiddiy jazo borligi tushuntirilib, mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirilgan.

 

9 oyda 3,4 mingga yaqin YTH: qaysi hududda avariyalar ko‘proq sodir bo‘ldi?

9 oyda 3,4 mingga yaqin YTH: qaysi hududda avariyalar ko‘proq sodir bo‘ldi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisalarda 5,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

45 ming dollarlik noqonuniy savdo: Yangiyo‘lda 620 ta xavfli isitish qozoni aniqlandi

45 ming dollarlik noqonuniy savdo: Yangiyo‘lda 620 ta xavfli isitish qozoni aniqlandi

Toshkent viloyatida soxta hujjat va sertifikatlar bilan xavfli isitish qozonlarini sotayotgan tadbirkor va gaz ta’minoti xodimi qo‘lga olindi.

11 kishiga sud hukmi chiqarildi: Surxondaryoda 277 ta qalbaki “prava” yo‘q qilindi

11 kishiga sud hukmi chiqarildi: Surxondaryoda 277 ta qalbaki “prava” yo‘q qilindi

Guvohnomalar sud qarori ijrosi doirasida MIB xodimlari tomonidan yoqib yuborilgan.

O‘ziga pichoq urish bilan tahdid qildi: Buxoroda fuqaroning hayoti saqlab qolindi

O‘ziga pichoq urish bilan tahdid qildi: Buxoroda fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Ichki ishlar xodimlari tomonidan uning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘yilib, ko‘ngilsiz hodisaning oldi olingan.

Chiqindilarni balandlikdan tashlash oqibati: qurilish obyektida qoidabuzarlik aniqlandi

Chiqindilarni balandlikdan tashlash oqibati: qurilish obyektida qoidabuzarlik aniqlandi

Qurilish chiqindilarini yuqori qavatdan tashlagan ishchi javobgarlikka tortildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Jarimani vaqtida to'lamagan haydovchilar: avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin

Jarimani vaqtida to'lamagan haydovchilar: avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin

Yangi tartib 2027-yil 7-yanvardan kuchga kiradi.

Farg‘onada 105 nafar bolaning zaharlanishi: ikki nafar sudlanuvchiga qamoq jazosi berildi

Farg‘onada 105 nafar bolaning zaharlanishi: ikki nafar sudlanuvchiga qamoq jazosi berildi

Avval ularga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi.