O'zbekiston

Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

Shu sabab yo‘lovchilar bekatda tushirilgan.

Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

Bugun, 12 sentyabr kuni soat 16:25 lar atrofida “Chilonzor” yo‘lining Milliy bog‘ bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 21-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan. 

 

Belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezddagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan.

 

Shundan so‘ng poyezd ortdan yuborilgan 6-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, yuzaga kelgan kamchilikni aniqlash hamda bartaraf etish uchun tekshiruv yo‘lagi tomon olib ketilgan. 

 

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"