Sport

Shaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlarda dastlabki mag‘lubiyat

Vengriyada 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Shaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlarda dastlabki mag‘lubiyat

 

15-sentabr kuni 5-tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Moldova, qizlar esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Amaldagi chempionlar 3,5 : 0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Qizlar jamoasi esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruziyaga 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Erkaklar:

O‘zbekiston — Moldova 3,5 : 0,5

Nodirbek Abdusattorov — Ivan Schiko 1:0;

Nodirbek Yakubboyev — Jegor Lashkin 0,5 : 0,5;

Javohir Sindorov —Viktor Bologan 1:0;

Shamsiddin Vohidov — Viorel Iordachesku 1:0.

 

Ayollar:

O‘zbekiston — Gruziya 1,5 : 2,5

Afruza Hamdamova — Nana Zagnidze 0,5 : 0,5;

Nilufar Yakubboyeva — Lela Javakshvili 0,5 : 0,5;

Umida Omonova — Nino Basiashvili 0,5 : 0,5;

Marjona Malikova — Bella Xotenashvili 0:1.

 

O‘zbekiston erkaklar jamoasi dastlabki uch turda g‘alaba qozonib, 4-turda Vyetnam jamoasga mag‘lub bo‘lgan edi. Qizlar jamoasi esa 5-turgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Bu turda ular dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Olimpiadaning 6-turida bugun erkaklar jamoasi Isroil bilan, qizlar esa Niderlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

 

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"