O'zbekiston

Ombudsmanga yangi huquq berilmoqda

Bu bo‘yicha yangi qonun loyihasi qabul qilindi.

Ombudsmanga yangi huquq berilmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 sentyabr kuni o‘zkazilgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

 

Mazkur qonun loyihasi bilan ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq — prezidentga, Oliy Majlis palatalariga, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan “muqobil maʼruza” tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy maʼlumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lgan) bekor qilinmoqda.

 

Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir taʼsir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.

 

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatidagi ahamiyatining oshishiga, uning huquqlari kengaytirilishiga va majburiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi. 

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"