O'zbekiston

Xorazmda bolalarni qarg‘agan tarbiyachi ishdan bo‘shadi

U, shuningdek, guruh ota-onalaridan uzr so‘ragan.

Xorazmda bolalarni qarg‘agan tarbiyachi ishdan bo‘shadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan holat joriy yilning 18 sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan. O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B. o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib, jarayonni videotasvirga olgani va bexosdan ota-onalar uchun ochilgan maxsus telegram-guruhiga jo‘natgani aniqlangan.

 

Ishchi guruh tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa, qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirilgan. 

 

Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B. esa qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘ragan va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"