O'zbekiston

Olmaliqda suvdan zaharlangan bolalarning 7 nafari shifoxonadan chiqdi

Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy ekani aytildi.

Olmaliqda suvdan zaharlangan bolalarning 7 nafari shifoxonadan chiqdi

Avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida o‘quvchilar suvdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, o‘quvchilar maktab hududidagi filtrlanmagan suvdan isteʼmol qilishi oqibatida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, joriy yilning 15-sentyabrdan 19-sentyabrga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan. Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olingan. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida o‘quvchilar mashina boshqarishiga qarshi reyd kuchaytirildi

YHXX o‘quvchilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan chiqdi.

custom img

Qashqadaryoda FVV ofitseri cho'kayotgan bolani qutqarib qoldi

Bola velosipedda ketayotib, muvozanatni yo‘qotgan va daryoga tushib ketgan.

custom img

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu reyslar orqali qariyb 9 ming nafarga yaqin yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish rejalashtirilgan.

custom img

Fransiya Isroil milliy xavfsizlik vaziriga mamlakatga kirishni taqiqladi

Bu qarorga Itamar Ben-Gvirning “Global Sumud Flotilla” faollarini mazax qilgani sabab bo‘lgan.

custom img

Qurbon hayiti arafasida Toshkent avtovokzalidan 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilar sonidan kelib chiqib, qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkin.

custom img

“Ikki stul orasida o‘tirishga uringan odam qattiq yiqiladi”: Medvedev Pashinyanni ogohlantirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Yerevanning YOIIdagi imtiyozlarni saqlab qolgan holda YIga yaqinlashishini tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy raisiga hamdardlik yo‘lladi

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan gaz portlashi oqibatida 90 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Bu yil ko‘p yomg‘ir yog‘di, muammo aniq bo‘ldi — Samarqand viloyati hokimi

Samarqand ko‘chalarini suv bosdi. Viloyat hokimi ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun tizimli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"