Jahon

Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi

Nyu-Yorkdagi sammitda Germaniya yetakchiligida ishlab chiqilgan “Kelajak shartnomasi” tasdiqlandi.

Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi

BMTni isloh qilish rejasini tasdiqlash marosimi avvalida Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin rejadan tashqari nutq so‘zladi va hujjat matniga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish zarurligini maʼlum qildi. Vershinin ovoz berishsiz amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hujjatning barcha 193 mamlakat tomonidan rasman maʼqullanishini shubha ostiga qo‘ydi.

 

Shunday bo‘lsada, 143 mamlakat Rossiyaning bu so‘rovini ko‘rib chiqmaslik va uni rad etish uchun ovoz berdi. Xalqaro tashkilotni isloh qilish to‘g‘risidagi hujjatning qabul qilinishiga Rossiyadan tashqari Belarus, Nikaragua, Shimoliy Koreya va Suriya ham qarshi chiqdi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotini islohoti rejasi, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish, yadro qurolidan xoli dunyoga erishish, barqaror rivojlanish, xalqaro xavfsizlik, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Hujjat bandlarini muhokama qilish 2024 yil boshidan beri davom etmoqda.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"